Biz barcha turdagi buxgalteriya xizmatlarini ko'rsatamiz: birlamchi buxgalteriya xujjatlarini rasmiylashtirish, soliq, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishgacha;
Ma'lumotlar yo'qolganda yoki boshqa fors-major holatlar yuzaga kelganda buxgalteriya hisobini tiklaymiz;
Biz buxgalteriya hisobini nafaqat Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) da, balki Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (MHXS) da ham yuritamiz;
Biz Sizga soliq tekshiruvlari oldidan xujjatlaringizni tekshiruvga tayyorlashga yordam beramiz;
Biz elektron hisobotlar bilan ishlaymiz va onlayn buxgalter xizmatlarini ko'rsatamiz;
Xisob siyosatini tuzamiz, loyihaning Texnik-iqtisodiy asosini va Biznes plan tuzamiz;
Boshqaruv hisobini tashkillashtiramiz, va moliyaviy tahlil xizmatlarini ko'rsatamiz.
Buxgalterlik tashkilotimizning professional javobgarligi, "O'ZBEKINVEST" AJ sug'urta kompaniyasi tomonidan sug'urta qilingan bo'lib. № 03-08/1101162064 raqamli. 1 milliard so'mlik sug'urta polisi mavjud.